DXX Qirg‘izistonga 80 million rublni olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxsni ushladi
Davlat xavfsizlik xizmati Qirg‘iziston hududiga noqonuniy ravishda 80 million rublga yaqin pul (qariyb 909 ming dollar) olib kirishga urinishni to‘xtatdi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bayonotda qayd etilishicha, tezkor tadbirda Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari ishtirok etgan. Natijada ular Rossiya valyutasini xorijga olib chiqmoqchi bo‘lgan bir nafar mahalliy aholi vakilini qo‘lga olishdi.
Erkak pullarni uchta polietilen paketga solib, so‘ng sumkalarni mashinasiga yashirgan. Shu tariqa u Qirg‘izistonga noqonuniy ravishda mablag‘ o‘tkazmoqchi bo‘lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan respublika Jinoyat kodeksining «bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini o‘ta yirik miqdorda buzish» moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Endi fuqaro sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter