Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin rubl kursining keskin tushib ketayotganini izohladi

Putin rubl kursining keskin tushib ketayotganini izohladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin so‘nggi vaqtlarda dollarga nisbatan keskin arzonlab borayotgan rubl kursi masalasida to‘xtaldi. 

Rubl kursi bilan bog‘liq vaziyat nazorat ostida, vahima qilishga asos yo‘q, dedi Vladimir Putin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rubl kursining o‘zgarishi ko‘plab omillar, jumladan, budjet to‘lovlari va neft narxi bilan bog‘liq. Rossiya bankining 8,5 foizlik inflyasiya ma’lumotlari haqiqiy, dedi Vladimir Putin. Uning ta’kidlashicha, asosiy stavkani oshirishdan tashqari, inflyasiyani sekinlashtirish vositalari mavjud, ammo yakuniy qaror Markaziy bank tomonidan qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 1 AQSh dollari 110 Rossiya rubligacha miqdorda baholanmoqda. 

28 noyabrdan boshlab Rossiya Markaziy banki yevroning rasmiy kursini 113 rublga, dollar kursini esa 108 rublga oshirdi. Bundan holat 2022-yil 17-martdan buyon kuzatilmagan. Rossiya Markaziy banki Moliya vazirligining budjet qoidasini amalga oshirish bilan bog‘liq muntazam operatsiyalarini aks ettirish doirasida yil oxirigacha ichki valyuta bozoridan chet el valyutasini xarid qilmaslik to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring