Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dollarni «ko‘cha»da ayirboshlash noxush yakun topdi

Dollarni «ko‘cha»da ayirboshlash noxush yakun topdi

Foto:«Xabar.uz»

26-mart kuni Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. 

Aniqlanishicha, 1977-yilda tug‘ilgan R.T. va 1988 yilda tug‘ilgan H.A.lar oldindan til biriktirib, Buxoro shahridagi «Milliy taomlar» oshxonasida fuqaro M.A.ga har bir AQSh dollarini 10.450 so‘mdan jami 3000 AQSh dollarini 31 million 350 ming so‘mga ayirboshlashga kelishishgan. Tomonlar kelishilgan puldan 30 million 350 ming so‘m pullarni olayotgan vaqtda qo‘lga olinib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan T.R. va A.N. larga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-modda 3-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring