Buxoroda IIO xodimini mashina urib yubordi (video)
Bugun, 27 iyul kuni Buxoro shahridagi Ibrohim Mo‘minov ko‘chasida IIO xodimini «Jentra» avtomobili katta tezlikda kelib urib yuborgan. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiri xabar bermoqda.
Xodimning boshi yorilib, hushini yo‘qotgan. Bemor o‘ta og‘ir ahvolda.
«Yo‘lda katta qon izi paydo bo‘lgan. «Jentra»ning old oynasi va kapoti yaroqsiz holga kelgan. Voqeani yaqindan ko‘rgan sifatida ko‘zimga tushgan narsa — xodimning bosh qismining orqa tomoni jiddiy jarohatlangan»,— demoqda avtohalokatga guvoh bo‘lgan fuqaro.
Halokatga uchragan xodim qo‘l telefoniga chalg‘igan va yon tomondan katta tezlikda kelayotgan avtomashina harakatini ilg‘amay qolgan.
Holat aks etgan tasvir Buxoro shahridagi kafelardan birining videokamerasiga tushib qolgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter