Buxoroda g‘ayrioddiy YTH yuz berdi: avval Nexia va Spark, keyin Lacetti va Cobalt...
Bugun, 16-dekabr kuni soat 16:10 larda Buxoro tumanining Turkon MFY hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 253-kilometrida g‘ayrioddiy YTH yuz berdi.
Xabarda aytilishicha, shu joyda avvalroq Nexia-3 va Spark ishtirokida YTH yuz bergan. Uni rasmiylashtirishga kelgan YPX xodimi Yo.Haydarov, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, Lacetti xizmat avtomobilini, mayoqchalari yoqilgan holda, yo‘nalishlarni ajratuvchi beton to‘siq yoniga, Nexia-3 avtomobilining orqa tomoniga joylashtirgan.
Xodimlar xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda Cobalt mashinasi YPX Lacetti mashinasining orqasidan kelib to‘qnashgan. Bunga Cobaltni boshqarayotgan haydovchi S.I.ning (2001-y.t.) e’tiborsizligi sabab bo‘lgan, deyiladi xabarda.
Sodir bo‘lgan YTHlar oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan Buxoro tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter