Bosh prokuratura bog‘chadagi noxush holatga izoh berdi
Chilonzordagi 230-sonli bolalar bog‘chasida direktorning 15 yoshli (9-sinf) o‘g‘li 6 yosh atrofidagi 4 nafar qizchaga, ular uxlashga yotgan vaqtida tegajog‘lik qilgani xabar berildi.
OAV xabariga ko‘ra, bunga kamida 3−4 nafar bola guvoh bo‘lib qolgan. Direktor esa buni «tuhmat» deb atamoqda va qizchalarning o‘zini tarbiyasizga chiqargan.
Bosh prokuratura tomonidan Chilonzordagi 230-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan holat qat’iy nazoratga olindi, deyiladi mahkama matbuot xizmati xabarida.
Natijalari haqida xabar berilishi ta’minlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter