Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryolik erkak bir guruh shaxslar tomonidan ayovsiz kaltaklandi. Bosh prokuratura izohi

Qashqadaryolik erkak bir guruh shaxslar tomonidan ayovsiz kaltaklandi. Bosh prokuratura izohi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumanidagi fuqaroni, 15-yanvar kuni 3-4 kishi qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, shafqatsizlarcha kaltaklashganligi haqida xabar tarqatilgan.

Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 21-yanvar kuni Yakkabog‘ tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (Qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlab yuborildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, tergov jarayoni Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring