Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura liftdagi fojia yuzasidan bayonot e’lon qildi

Bosh prokuratura liftdagi fojia yuzasidan bayonot e’lon qildi

Bosh prokuratura Toshkentda 32 yoshli ayolning liftdan jasadi topilgani yuzasidan bayonot berdi. 

27-iyul kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning liftida notanish ayol o‘lgan holatda topilgandi.

Aniqlanishicha, 24-iyul kuni soat taxminan 14-50 larda 32 yoshli ayol yuqorida ko‘rsatilgan manzildagi ko‘p qavatli uyning liftiga kirib, qayta chiqmagan.

26-iyul kuni marhumaning yaqin qarindoshlari tomonidan ichki ishlar idorasiga bedarak yo‘qolganligi yuzasidan xabar berilgan.

Tekshirish davomida ushbu lift bir necha kundan buyon ishlamayotganligi, oldin ham ishlamay qolishi holatlari ko‘p marotaba bo‘lganligi haqida uy yashovchilari tomonidan tushuntirishlar berilgan.

Shifokorlarning dastlabki tibbiy ma’lumotnomasiga ko‘ra, marhumaning o‘limiga yurakning ishemik kasaligi, o‘tkir yurak, qon-tomir va nafas yetishmovchiligi sabab deb ko‘rsatilgan.

Jamoatchilikda ushbu voqea bo‘yicha bildirilayotgan taxminlar tergovga qadar tekshiruv davomida mutaxassislar yordamida to‘liq tekshirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring