Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angrenda teplovoz piyodani urib yubordi

Angrenda teplovoz piyodani urib yubordi

Foto: «Astv.ru»

Angren shahrida joylashgan «Obliq» temir yo‘l bekatida teplovoz piyodani urib yubordi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyat IIB Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi navbatchilik qismiga Angren bekatida jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmasidan kelib tushgan xabarga ko‘ra, kecha, 3-mart kuni soat 14:20 larda «Obliq» temir yo‘l bekatida Angren shahrida yashovchi G‘ofur Karimovni (ism-shariflar o‘zgartirilgan) o‘z ehtiyotsizligi oqibatida «O‘zbek temir yo‘l» AJda mashinist bo‘lib ishlovchi Aleksandr Vladimirov boshqaruvida bo‘lgan 1103-raqamli teplovoz urib yuborgan.

Natijada jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan. Angren shahar shifoxonasining birlamchi ma’lumotnomasiga asosan, G‘.Karimovga «o‘ng tomon yuz va yelka sohalarining lat yeyishi, o‘ng oyoq tovon qismi suyagining yopiq sinishi» tashxisi qo‘yilgan.

Tergovga qadar tekshiruvni Angren bekatidagi jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmasi olib bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring