Angren yo‘llarida suv toshqini sodir bo‘ldi (video)

Angren yo‘llarida toshqin bo‘lmoqda. Sel kelgan shekili, loyqa suv yo‘llarni egallamoqda, deb xabar berdi telegramdagi «Vodiy bozor» kanali.
Videodan ko‘rish mumkinki, yo‘lning bir qatnov qismi to‘siqning tepasigacha suv bilan to‘lgan. Ayrim avtomobillar qarama-qarshi yo‘ldan harakatlanishga o‘tgan. O‘z yo‘lidan yurgan avtomobillar esa suvda qolib ketgan.
Vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida Favqulotda vaziyatlar vazirligi bilan bog‘landik. Vazirlik xodimining bildirishicha, ayni paytda holat bartaraf etilgan va vodiydan Angrenga kirish yo‘li ham ochilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter