Andijonda ona o‘zini va 2 nafar farzandini soyga tashladi
Kecha, 25-iyun kuni Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida yashovchi B.A. «Urg‘i» MFY hududidan oqib o‘tuvchi Shahrixonsoy kanaliga o‘zini va birga yashagan farzandlari M.A. hamda Sh.A.ni tashlab yuborgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Hodisa guvohi bo‘lgan Urg‘i mahallasida yashovchi Sh.M. ularni soydan chiqarib olganiga qaramay, farzandlar voqea joyida vafot etgan. Mudhish ishga qo‘l urgan ona esa kasalxonaga yotqizilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter