Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda ona-bola suv ta’minoti xodimini kaltakladi

Andijonda ona-bola suv ta’minoti xodimini kaltakladi

Skrinshot

Andijon viloyatining Izboskan tumanida suv ta’minoti idorasi xodimi kaltaklandi. Bu haqda «O‘zsuvta’minot» AJ matbuot xizmati taqdim etgan xabarda aytiladi.

Suv ta’minot idorasining tumandagi vakili Abdulboqi Saidmurodov 23-may kuni qarzdorlikni so‘ndirish tadbirlariga jalb etilgan. 

U Yangi avlod MFYda yashovchi fuqaro Qodirjon Abdualimovga ham ichimlik suvidan 625 ming so‘m qarzdorlik borligi haqida talabnomani yetkazgan. Iste’molchi esa qarzdorlikni bartaraf etish o‘rniga xodimni kaltaklab, tan jarohati yetkazgan. 

Xodimga ko‘ra, qarzdor onasi bilan birgalikda unga tan jarohati yetkazgan. 

Eslatib o‘tamiz, avval Navoiy viloyati Karmana tumani suv ta’minoti korxonasining bir erkak va bir ayol xodimi fuqarolardan qarzdorlikni undirish maqsadida xonadonbay yurganida iste’molchilar tomonidan kaltaklangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring