Andijonda «kriptovalyutachilar» qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tuman bo‘limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro M.I. o‘z uyida 45 ta to‘plamdagi «Bitmain» mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga ulab, jami 323,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter