Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerika politsiyachilari «Lamborghini» bilan poyga qilishdi (video)

Amerika politsiyachilari «Lamborghini» bilan poyga qilishdi (video)

Foto: «Bagnet»

Katta yo‘llarda sport mashinasi yonma-yon kelib qolsa «kuch sinashib ko‘rish» istagi aksariyat haydovchilar uchun begona emas. Hatto politsiyachilar uchun ham... «Auto.Onliner» taqdim etgan mana bu rolikka qarang.

Unda AQShning Florida shtati yo‘l politsiyasi xodimlari «Dodge Charger» xizmat mashinasida «Lamborghini Aventador» bilan bellashishga urinishgani aks etgan.

Ammo ko‘pchilikning havasini keltirgan bu video politsiya rahbariyatiga yoqmadi — departament ichki tergovni boshlab yubordi.

Mazkur rolik muallifi Deniyel Blek ham politsiyachilarning xatti-harakatini oqlamagan. «Politsiyachilar tezlikni me’yordan sal oshirib yuborgan haydovchilarni to‘xtataverishadi, o‘zlari esa  «Lamborghini» bilan quvlashmachoq o‘ynab yurishibdi», — deya ta’kidlagan u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring