Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maradona kasalxonada — u JCh-2018ni sharhlashga keladimi?

Maradona kasalxonada — u JCh-2018ni sharhlashga keladimi?

Foto: «Bagnet.org»

Ayni paytda Brestning «Dinamo» klubi boshqaruvi raisi lavozimini band etib turgan argentinalik futbolchi Diyego Maradona Kolumbiyaning Kali shahridagi kasalxonaga tizzasini ko‘rikdan o‘tkazish uchun kelgan. Bu haqda «Bagnet.org» xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, 57 yoshli argentinalikka to‘rt oydan beri tizzasidagi og‘riq azob berib kelgan.

«Maradonaning tizzasi umumiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Jarrohlik amaliyoti yoki davolanish haqidagi xulosaga tashxisdan so‘ng kelamiz», — degan taniqli shifokor Herman Ochoa. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbol afsonasi olti-sakkiz kun shifoxonada bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, Maradona JCh-2018 o‘yinlarini sharhlab borishi rejalashtirilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring