Maradona o‘limiga boshqa narsa sabab bo‘lgani aytilmoqda
Marhum futbol afsonasi Diyego Maradonaning o‘limiga boshqa narsa sabab bo‘lganini aytib chiqdi uning sobiq advokati Matias Morla.
Uning aytishicha, Maradonaga yaxshi tibbiy yordam ko‘rsatilmagan, g‘amxo‘rlik qilinmagan. Tibbiy yondashuv juda yomon edi, shuning uchun u o‘lib qoldi, demoqda advokat.
Morlaning aytishicha, Maradona umrining so‘nggi 3 haftasini operatsiya bilan o‘tkazgan va uyda davolanishga ruxsat berilmagan. Ammo qarindoshlari uni Buenos-Ayresdagi xushhavo uyiga olib borib, davolamoqchi bo‘lishgan.
Advokat sobiq futbolchini oxirgi marta 2020 yil 16 noyabrda ko‘rgan. «O‘shanda uning ovozi g‘alati edi, robotlarnikigia o‘xshash», degan Morla.
Eslatib o‘tamiz, Maradona 2020 yil 25 noyabrda 60 yoshida vafot etgan edi. O‘sha paytda aniqlanishicha, u jonlantirish bo‘limiga keltirilishdan bir necha soat oldin joni uzilgan.
Shuningdek, San-Isidro shahar bosh prokuraturasi Diyego Maradonaning o‘limida yetti nafar tibbiyot xodimini ayblayotgani haqida ham xabarlar chiqqan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter