Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan o‘smir 3 ta mashina ishtirokidagi YTHga sabab bo‘ldi

Toshkentda haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan o‘smir 3 ta mashina ishtirokidagi YTHga sabab bo‘ldi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkentda «Nexia-3», «Cobalt» va «Lacetti» ishtirokida YTH ro‘y berdi. Bu haqda shahar IIBB xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, 2018-yilning 21-iyun kuni soat chamasi 16.30 larda Shota Rustaveli ko‘chasida 3 ta avtomobil ishtirokida to‘qnashuv yuz bergan. To‘qnashuv oqibatida jabrlanganlar va qurbonlar yo‘q. Biroq avtomashinalar jiddiy talafot yetgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB

«Cobalt» va «Lacetti» haydovchilarining ma’lum qilishicha, «Nexia-3» haydovchisi svetoforning qizil chirog‘ida ularning orasidan o‘tib ketmoqchi bo‘lgan. Natijada YTH yuzaga kelgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB

«Nexia-3» haydovchisi 18 yoshda bo‘lib, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan. Mashina esa o‘smirning onasiga tegishli bo‘lgani aniqlangan.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahar IIBBning xabar berishicha, hozir YPX xodimlari tomonidan hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring