Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatidagi «qizil» hududlarida YHX xizmatlari to‘xtatildi

Toshkent viloyatidagi «qizil» hududlarida YHX xizmatlari to‘xtatildi

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yil 26-may holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatining Bekobod, Nurafshon, Yangiyo‘l shaharlari hamda Oqqo‘rg‘on, Zangiota, Qibray, Parkent, Yuqori Chirchiq, Yangiyo‘l va Toshkent tumanlari «qizil» hudud sifatida toifalangani xabar qilingan edi.

Shu munosabat bilan Toshkent viloyati IIBB YHXB fuqarolarimizdan ushbu hududlarda qat’iy karantin talablari o‘rnatilganini inobatga olishini, bu talablarga amal qilishini so‘radi.

O‘z navbatida, «qizil» hududlardagi yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari ham karantin sababli fuqarolarni qabul qilish ishlarini vaqtinchalik to‘xtatgani ma’lum qilindi.

Haydovchilik guvohnomalarini berish va almashtirish, jarima to‘lash, texnik ko‘rikdan o‘tkazish ishlari karantin talablari bekor qilinguniga qadar amalga oshirilmaydi.

«Hayotingiz va sog‘lig‘ingizni xavf ostiga qo‘yib «qizil» hududlarga kirmang, uyda qoling», — deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring