«Tesla» 475 mingta elektromobilini chaqirib oladi
«Tesla» kompaniyasi elektr dvigatelli 475 mingta avtomobilini chaqirib oladi, bu harakatlanish paytida ochilib ketishi mumkin bo‘lgan old yukxonalar hamda ortni ko‘rsatuvchi kameralardagi muammolar bilan bog‘liq, deyiladi TASS xabarida.
AQSh yo‘l xavfsizligi milliy boshqarmasi ma’lumot berishicha, 356 mingdan ziyod «Model 3» xetchbeklari hamda 119 mingdan ortiq «Model S» sedanlari chaqirib olinadi. Boshqarma aynan qaysi mamlakatlardagi mashinalar chaqirib olinishiga aniqlik kiritmagan.
«Model 3» mashinalaridagi muammo: yukxonani yopishda ort kamera simlariga shikast yetkazib qo‘yish ehtimoli mavjud, shunday bo‘lgan taqdirda kamera ma’lumotlari monitorga yaxshi yetib kelmaydi yoki butunlay o‘chadi.
«Model S»dagi muammo: old yukxona qulfida nuqson bor, bu kamchilik mashina harakatlanayotgan paytida kapotning ochilib ketishiga olib kelishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, kompaniyaning servis-markazlarida yaroqsiz qismlar bepul almashtirib beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter