Samarqand ko‘chalarida 10 kun davomida harakat cheklanadi

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari o‘tkazilishi munosabati bilan, 2-12 sentyabr kunlari transport vositalari uchun Samarqand shahrining quyidagi ko‘chalarida harakat vaqtinchalik cheklanadi:
- Sattepo massivi Turkiston ko‘chasining «Turizm kolleji» oldidagi tutashmasidan, 5-kichik hudud (mikrorayon)ga kirish yo‘li tutashmasigacha;
- Kimyogarlar qo‘rg‘oni Umid ko‘chasining Ziyolilar ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan, Madaniyat saroyining oldigacha bo‘lgan qismida;
- «Islohot ko‘chasining Rudakiy ko‘chasi bilan kesishmasidan, «Lokomotiv» stadionining kirish qismigacha;
- Depo ko‘chasining Arman ko‘chasi bilan tutashmasidan, «Lokomotiv» stadionining kirish qismigacha.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter