Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoidabuzarlik bo‘yicha «yetakchi» hududlar aniqlandi

Qoidabuzarlik bo‘yicha «yetakchi» hududlar aniqlandi

Foto: Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati

Poytaxt aholisi fotoradarga «tushish» bo‘yicha birinchi o‘rinda. Tezlik bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni aniqlash bo‘yicha esa Toshkent viloyati respublikada yetakchi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yil 10 oyi davomida Toshkent viloyatida hududida o‘rnatilgan fotoradarlar orqali Toshkent shaharidan ro‘yxatdan o‘tgan avtotransport vositalarining 208 866 tasi tezlikni me’yoridan oshirganligi aniqlandi. Bu boshqa hududlarga qaraganda yetakchi o‘rinni ko‘rsatmoqda.

Bu ko‘rsatgich umumiy olinganda ushbu fotoradarlar orqali viloyat hududida jami 457 828 ta tezlikni me’yoridan oshirish qoidabuzarliklari sodir etilgan.

Ko‘rsatkich viloyat (hudud)lar kesimida:

  • Toshkent shahar – 208 866 ta
  • Toshkent – 116 053 ta
  • Sirdaryo viloyati – 15 014 ta
  • Jizzax – 11 337 ta
  • Samarqand – 16 280 ta
  • Farg‘ona – 23 953 ta
  • Namangan – 16 460 ta
  • Andijon – 14 850
  • Qashqadaryo –13 147 ta
  • Surxondaryo – 6 301 ta
  • Buxoro – 5 994 ta
  • Navoiy – 3 432 ta
  • Xorazm – 3 079 ta
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1 649 ta.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring