My.gov.uz orqali avtotransportni boshqarish uchun elektron ishonchnomani rasmiylashtirish xizmati ishga tushirildi!
My.gov.uz orqali avtotransportni boshqarish uchun elektron ishonchnoma rasmiylashtirish xizmati ishga tushirildi!
Endi ishonchnoma rasmiylashtirish uchun notarial idora izlab yurish, hujjatni tasdiqlatish uchun navbatlarda turish shart emas. Barcha jarayonlar onlayn amalga oshiriladi.
Hujjat unutib qoldirilganida ham muammo yuzaga kelmaydi. Chunki elektron ishonchnomalar YPX xodimlari tomonidan onlayn tekshiriladi.
Elektron ishonchnoma uchun alohida to‘lov tartibi (davlat boji — BHM ning 3 baravari — 900 ming so‘m) belgilangan.
Bunda davlat boji:
1 oygacha bo‘lgan muddatga — 10 foiz (90 ming so‘m);
6 oygacha bo‘lgan muddatga — 50 foiz (450 ming so‘m);
3 yilgacha bo‘lgan muddatga — 100 foiz (900 ming so‘m miqdorida) undiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter