Kunduzi chiroqni yoqib yurishga oid talab bekor qilindi
Hukumatning tegishli qaroriga ko‘ra, barcha avtomototransport vositalari uchun yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanish talabi bekor qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Endilikda mazkur talab faqatgina quyidagi 6 ta holat bo‘yicha majburiy etib belgilandi:
1) transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda;
2) yo‘lovchilarni tashiyotgan avtobus va yo‘nalishli transport vositalarida;
3) bolalar guruhini tashkiliy tashishda;
4) xavfli, katta o‘lchamli va og‘ir vaznli yuklarni tashishda;
5) mexanik transport vositalarini shatakka olishda;
6) mototsikl va mopedlarda.
Qolgan holatlarda avtotransport vositalari kunduzi chiroqlarini yoqib yurishga majbur emas va bu javobgarlikni keltirib chiqarmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter