«GM Uzbekistan» Qashqadaryodagi avtosalon rahbarini ishdan oldi
«GM Uzbekistan» AJ tomonidan «AS Qashqadaryo Servis» dilerlik markazi avtomobil savdosi bo‘yicha sayyor tekshiruvdan o‘tkazilganda avtosalon faoliyatini tashkillashtirishda hamda mijozlar bilan ishlashda ko‘plab qonunbuzarlik va qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.
Xususan:
- avtomobil savdosida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilmagani;
- elektron arizalarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olishda o‘rnatilgan tartiblarga rioya qilmaganlik, xususan ro‘yxatga qo‘yishda rad javobi berilganlik;
- mijozlarga o‘z vaqtida va zaruriy ma’lumotlar berilmaganlik;
- avtomobillarga shartnoma tuzishda navbatga rioya qilinmaganlik;
- mijozni ogohlantirmasdan arizalarni bekor qilish;
- mijozlar uchun qulay sharoitlar mavjud emasligi;
- xodimlar faoliyatida korrupsiya alomatlarining mavjudligi, shuningdek mijozlarsiz bir qator shartnomalar rasmiylashtirilganlik holatlari.
Tekshiruv natijasida «AS Qashqadaryo Servis» DK rahbari lavozimidan ozod etilgan. Uning o‘rniga yangi rahbar – Hamroyev Shuhrat Zokirovich tayinlangan. Uning zimmasiga mavjud xatoliklarni to‘g‘rilash, dilerlik markazi faoliyatini sifat va xizmat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish topshirilgan. Sh.Hamroyev bundan avval Qashqadaryo viloyati yoqilg‘i-energetika savdosi majmuasida faoliyat yuritgan.
Tekshiruv natijasida aniqlangan hujjatlar Qashaqadaryo viloyati huquq-tartibot organlariga ekspertiza uchun topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter