Germaniyalik mutaxassislar «buzilmaydigan» avtomobillarni aniqlashdi
Germaniyaning «Technische Ueberwachungsverein» tashkiloti ekspertlari deyarli hech qachon buzilmaydigan ishonchli mashinalar reytingini tuzib chiqishdi. Buning uchun ular 3 yildan 11 yilgacha bo‘lgan mashinalarni tanlab olishdi. So‘ng avtomobillarni yoshga oid toifalarga ajratib chiqishdi. Bunda ularning qanchalik ko‘p servis markazlarga murojaat qilishi hisobga olingan.
Buni qarangki, uch yillik mashinalar toifasida Porsche 911, Mercedes-Benz GLC 92, Mercedes-Benz SLC va SLK, shuningdek, Mercedes – B-Class kamroq buzilar ekan. Mazda CX-3 va Mercedes A-Class, C-Class kabi mashinalar ham shu toifaga kiritilgan.
Besh yillik mashinalar orasida eng «buzilmaydigani» Audi TT, Porsche 911, Opel Mokka, Mercedes-Benz B-sinfi va Mercedes SLK hamda Mitsubishi ASX va Audi Q5 ekan. Yetti yillik mashinalar orasida Audi TT, Porsche 911 va Mercedes SLK eng chidamli mashinalar deb tan olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter