«Amerika orzusi»: eng yaxshi mashinalar
Avtosug‘urtachilarni qidirish platformasi — Compare.com mutaxassislari amerikaliklarning «orzu mashinasi» portretini chizishdi. Kutilmagan natija. Krossoverlar «Ferrari», «Lamborghini», «Bugatti» superkarlaridan «o‘zib ketdi».
18 yoshdan 80 yoshgacha amerikaliklarning 30 foizi SUV krossoverlari (sport-utilitar avtomobillar)ni tanlashdi. Yo‘ltanlamaslar anchadan beri savdolar yetakchisi. 2025-yilda AQShda sotiladigan avtomobillarning 78 foizini krossoverlar tashkil etishi kutilyapti.
Bizda oq mashina xaridorgir, amerikaliklar esa qora mashinalarni yoqtirishadi. So‘rovda qatnashganlar ko‘pchiligi «BMW»ning qora krossoveriga ovoz berishgani ham shundan. Uzoq yo‘lga chiqishni yaxshi ko‘radigan amerikaliklar esa ko‘k rangli «Audi» kupelarni tanlashdi. Shimoliy Amerika shaharlarida yashovchilar ham «BMW»ni eng yaxshi mashina deb hisoblashadi. Biroq shaharliklarga ko‘proq bu brendning oq rangli sedanlari yoqadi.
«BMW» — AQShda yashovchilar uchun «birinchi raqamli avtobrend (25 foiz ovoz). Tanlov uchun uchta asosiy sabab: boshqarish qulay, chidamli va saloni did bilan ishlangan.
«Orzu mashinalari» ro‘yxatiga Amerika mashinalaridan bittasi kirdi, u ham bo‘lsa qishloqlarda yashovchilar minadigan qizil rangli «Chevrolet» pikaplari.
Amerikaliklar orzusidagi ikkinchi mashina — o‘zlarida chiqadigan «Ford». Biroq amalda undan ko‘ra yaponlarning «Toyota»sini ko‘proq xarid qilishyapti. «Top-dream»dagi uchinchi mashina — «Audi». Amerikaliklarning faqat 11 foizi yuqori texnologiyali «Tesla» elektrokarlariga qiziqish bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter