«Mazda» Yaponiyadagi zavodlarini to‘xtatadi
«Mazda» avtokonserni aprel oyida uchinchi va to‘rtinchi marta Yaponiyadagi ikki zavodini to‘rt kunga to‘xtatishga majbur bo‘ldi, deb xabar berdi NHK telekanali.
Shanxayda koronavirus o‘chog‘i paydo bo‘lgani bois Xitoydan elektron qismlar kelishidagi uzilishlar sababli zavodlar 21-22 va 25-26-aprel sanalarida to‘xtatiladi. Kompaniyaning Xirosimadagi asosiy zavodi hamda Yamaguti prefekturasidagi zavodi to‘xtatiladi.
Xuddi yuqoridagi sabab tufayli «Mazda» 4-5 va 14-15-aprel sanalarida ham zavodlarini to‘xtatgandi.
Ta’minotdagi uzilishlar sababli «Toyota» AQShdagi zavodlarini to‘xtatgandi, endi Yaponiyada ham to‘xtash: koronavirus «Toyota» bilan birga «Lexus»ni ham «vaqtincha ta’til»ga chiqardi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter