Bekobodda yangi «Malibu» yo‘ldan chiqib ketib, beton to‘siqqa urildi

Bekobodda «Malibu» avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
«Malibu» avtomobili yo‘ldan chiqib ketgan va qatnov qismini ajratib turuvchi beton to‘siqqa borib urilgan. YTH sodir bo‘lgan vaqtda mashinada ikki kishi bo‘lgani xabar qilinmoqda. Hodisa natijasida vafot etganlar yo‘q.
«Malibu» haydovchisi va yo‘lovchi jiddiy tan jarohatlari olgan va kasalxonaga olib borilgan. Hozircha ularning holati haqida ma’lumot yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter