Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiyning Qrimni qaytarish rejasi baholandi

Zelenskiyning Qrimni qaytarish rejasi baholandi

Foto: president.gov.ua

Qrim parlamenti vitse-spikeri Vladimir Bobkov Ukrainaning Qrim va Donbassni qaytarish rejasi populistik qarashdan boshqa narsa emas deya qayd etgan.

«Bu singari har qanday bayonot faqat populistik harakatdir va biz allaqachon bu kabi qarashlarga o‘rganib qolganmiz. Bularning barchasi istehzoni keltirib chiqaradi», — degan Babkov. U Kiyevni «yozuv-chizuv strategiyasini emas», Donbassdagi urushni to‘xtatish maqsadini ko‘rsatishi kerakligini ta’kidladi.

Avvalroq, Ukraina prezidenti ma’muriyati boshlig‘i o‘rinbosari Ruslan Ryaboshapka Kiyev 2020-yilga borib yo‘qolgan hududlarni qayta integratsiya qilish uchun chora-tadbirlar paketini ishlab chiqish rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Qrim 2014 yili Kiyevdagi referendumda hokimiyat o‘zgarishi fonida Rossiyaga qo‘shilgan edi. O‘shanda 95 foizdan ortiq qrimliklar Rossiyaga qo‘shilish istagini bildirgandi. Ukraina, AQSh, bir qator Yevropa davlatlari va boshqa mamlakatlar referendumni tan olmadilar. Shuningdek, o‘sha yili Donetsk va Lugansk viloyatlari ham Kiyevdan mustaqilligini e’lon qilgan. Ukraina ularga qarsha harbiy operatsiyalar boshlaydi. BMT ma’lumotiga ko‘ra, harbiy operatsiyalar natijasida 13 mingga yaqin odam halok bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring