Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy xavfsizlik bo‘yicha yirik amaldorni ishdan oldi

Zelenskiy xavfsizlik bo‘yicha yirik amaldorni ishdan oldi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilovni ishdan bo‘shatdi.

Uning o‘rniga Ukraina Tashqi razvedka xizmati rahbari bo‘lgan Aleksandr Litvinenko tayinlandi.

OAVga ko‘ra, Danilov rasmiy Pekinning Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazish bo‘yicha taklifiga javoban Xitoyning Yevroosiyo ishlari bo‘yicha maxsus vakili Li Xuey haqida nojo‘ya gapirgan. 

«Buni prezident boshchiligidagi Ukraina xalqi hal qiladi», - deya javob bergan Xitoy vakiliga Danilov.

Eslatib o‘tamiz, Zelenskiy fevral oyida Qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyni ishdan olgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring