Zelenskiy: Urush boshlanganida Ukraina g‘arbiga yoki boshqa mamlakatga ketishni maslahat berishgan

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jangovar harakatlar boshlanganida, ular to‘xtashi uchun, iste’foga chiqishga tayyor bo‘lganini aytdi.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, ayrim yevropalik siyosatchilar (urush boshlanganida) unga Kiyevdan Ukraina g‘arbiga yoki boshqa mamlakatga ketishni maslahat berishgan. Bu Kiyev «hukumatni jangsiz topshirishini» anglatardi, dedi Zelenskiy.
«Hukumatda o‘rnimni saqlab qolishga urinayotganim yo‘q. Agar muammo menda bo‘lsa, ketaman. Agar mening ketishim qon to‘kilishlarini to‘xtatsa, butunlay ketaman. Hoziroq, bunga tayyorman», — dedi Zelenskiy The Washington Post bilan suhbatda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter