Zelenskiy Ukrainaning 15 nafar gubernatorini ishdan bo‘shatdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 15 ta viloyatdagi gubernatorlarni lavozimidan ozod qildi. Bu haqda «Lenta.ru» xabar berdi.
«Bugun mintaqaviy davlat ma’muriyatlari rahbarlarini lavozimidan ozod etishning birinchi qismi boshlandi», — dedi prezident ma’muriyatining boshlig‘i o‘rinbosari Ruslan Ryaboshapka.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Chernigov, Xmelnitskiy, Xerson, Ternopol, Sumskaya, Poltava, Odessa, Nikolayev, Lvov, Kirovograd, Kiyev, Ivano-Frankovsk, Zaporoje, Zakarpat va Volin rahbarlari ishdan bo‘shatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter