Zelenskiy Ukrainaning 15 nafar gubernatorini ishdan bo‘shatdi
![Zelenskiy Ukrainaning 15 nafar gubernatorini ishdan bo‘shatdi](https://static.xabaruz.com/crop/1/9/720_460_95_1952674609.jpg)
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 15 ta viloyatdagi gubernatorlarni lavozimidan ozod qildi. Bu haqda «Lenta.ru» xabar berdi.
«Bugun mintaqaviy davlat ma’muriyatlari rahbarlarini lavozimidan ozod etishning birinchi qismi boshlandi», — dedi prezident ma’muriyatining boshlig‘i o‘rinbosari Ruslan Ryaboshapka.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Chernigov, Xmelnitskiy, Xerson, Ternopol, Sumskaya, Poltava, Odessa, Nikolayev, Lvov, Kirovograd, Kiyev, Ivano-Frankovsk, Zaporoje, Zakarpat va Volin rahbarlari ishdan bo‘shatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter