Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy samolyot halokati bo‘yicha asosiy gapni aytdi

Zelenskiy samolyot halokati bo‘yicha asosiy gapni aytdi

Foto: «Ria.ru»

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy An-26 harbiy-transport samolyoti halokatga uchragan joyga yetib bordi va yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda «Strana.ua» xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, fojianing ko‘plab taxminlari bo‘lishi mumkin.

«Hozir asosiysi fojia yuz berdi, yigitlarimiz halok bo‘ldi», — dedi Zelenskiy.

U 26-sentyabrni motam kuni deb e’lon qildi.

Avvalroq Xarkov viloyatida An-26 harbiy-transport samolyoti falokatga uchrashi sababli motam kuni e’lon qilingani to‘g‘risida xabar bergandik.

Zelenskiy halok bo‘lganlarning oilalariga davlat tomonidan yordam ko‘rsatilishiga va’da berdi:

«12:00 da bosh vazir bilan halok bo‘lganlarning oilalariga yordam berish to‘g‘risida suhbatlashaman».

Bundan tashqari, huquqni muhofaza qilish organlari prezident topshirig‘iga binoan muodafaa sohasidagi barcha shartnomalarni tahlil qilib chiqadi. An-26ga o‘xshash samolyotlardagi barcha parvozlar to‘xtatiladi.

Halokat harbiy aeroportdan ikki kilometr uzoqlikda o‘quv parvozi paytida bortda yong‘in kelib chiqqandan so‘ng sodir bo‘lgan. Halokatga dvigatel ishlamay qolgani sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Samolyotda Ivan Kojedub nomidagi Xarkov Havo kuchlari universitetining kursantlari bo‘lgan.

Samolyot qulayotgan vaqtda sakrab qolgan ikki nafar kursantdan biri shifoxonada vafot etgani aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring