Zelenskiy qancha maosh olishi aytildi
![Zelenskiy qancha maosh olishi aytildi](https://static.xabaruz.com/crop/8/0/720_460_95_800910999.jpeg)
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy oyiga 28 ming grivna (660 AQSh dollari atrofida) maosh oladi, deb xabar berdi 24tv.ua. Davlat rahbariga ustamalar, mukofot pullari to‘lanishi ko‘zda tutilmagan.
2024-yilda prezident Zelenskiyning jami ish haqi 336 ming grivna (7 925 dollar)ni tashkil etib, shundan 66 ming grivna soliqqa ushlab qolingan.
Shuning barobarida Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak 2024-yilda jami 582 ming grivna (13 726 dollar) maosh olib, shundan 115 ming grivnasi soliqqa tortilgani ma’lum qilindi. Jurnalistlar e’tiborini bir raqam tortdi — Yermakning oylik maoshi aslida 121 ming grivna (2 853 dollar), ya’ni prezidentnikidan 4,3 baravar ko‘p. Yillik va oylik — qandaydir nomutanosib.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter