Zelenskiy Putinning yaqin odamlaridan biri ushlanganini e’lon qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy davlatga xiyonatda ayblanib, uy qamog‘idan qochib ketgan siyosatchi Viktor Medvedchuk qo‘lga olinganini e’lon qildi.
Ta’kidlash joizki, Medvedchuk mamlakatda urush boshlangach, noma’lum tomonga qochgandi.
Ukraina rahbarining yozishicha, muxolif partiya yetakchilaridan bir bo‘lgan siyosatchi maxsus xizmatlar operatsiyasi natijasida qo‘lga olingan.
Viktor Medvedchuk Ukrainada rossiyaparast kayfiyatdagi shaxs va Vladimir Putinning yaqin odami sifatida ko‘riladi.
Zelenskiy allaqachon Rossiyada uni ukrainalik asirlarga almashtirish bo‘yicha taklif yuborgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter