Yoqutistonda 50 darajadan past izg‘irin qayd etildi
Sinoptiklar Yoqutistonning uchta hududida 50 darajadan past sovuqni qayd etdi. Bu haqda respublika gidrometeorologiya va atrof-muhit monitoringi departamenti xabar bergan.
Termometr Oymyakonda -54, Verxoyanskda -53, darajaga, Ust-Moma va Churapcha aholi punktlarida -51 daraja sovuqni qayd etgan. Yoqutistonda 50 darajadan past izg‘irin 1 dekabrdan boshlangan. Ayni paytda -45 daraja sovuq respublikaning 9ta hududida qayd etilgan eng yuqori harorat bo‘lib turibdi. Qolgan joylarda havo harorati bundan ancha past.
«Respublika bo‘ylab kuchli sovuq va tuman kuzatilmoqda», deya xabar beradi meteorologlar. Ularning so‘zlariga ko‘ra, mintaqada kuchsiz shamol kuzatila, biroq Arktika sohilidagi hududlarda uning tezligi sekundiga 9 metrdan 14 metrgacha yetishi mumkin.
Avvalroq RF Gidrometeorologiya markazi ilmiy direktori Roman Vilfand Rossiya hududlariga g‘ayritabiiy sovuqlar yaqinlashayotgani haqida ogohlantirgandi.
Eslatib o‘tamiz, 9 dekabrdan O‘zbekistonga qattiq sovuq kirib kelishi prognoz qilingan. Dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, Ural va G‘arbiy Qozog‘iston orqali Rossiyasining shimoliy Yevropa hududlaridan 9-10 dekabr kunlari O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 11-12 dekabrda esa butun respublika hududiga juda sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter