Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yong‘oq teruvchini havo shari olib qochdi — Xitoy

Yong‘oq teruvchini havo shari olib qochdi — Xitoy

Yong‘oq terishga chiqqan xitoylik Hu familiyali kishi boshqaruvini yo‘qotgan havo sharida ikki kun osmonda tentirab yurdi. CNN yozishicha, hodisa o‘tgan yakshanba kuni Xeylunszyan provinsiyasining Xaylin uyezdida sodir bo‘lgan.

Hu va sherigi havo sharida ko‘tarilib, kedr yong‘og‘i terishayotgan edi. Kutilmaganda aerostat (havo shari) boshqaruvini yo‘qotib, balandlashishni boshlagan. Sherik sakrab tushib qolgan, Hu esa ulgurmagan.

Qutqaruvchilar «zo‘raki sayyoh»ni uning mobil telefoni signali orqali topishdi. Boshqaruvini yo‘qotgan havo shari 300 kilometrgacha uchib borib, daraxtlar shoxiga o‘ralib, pastga qulagan. Hu yengil jarohat olib, omon qolgan.

Ta’kidlanishicha, bu yong‘oq teruvchilar bilan sodir bo‘layotgan birinchi havo hodisasi emas. 2019-yilda yong‘oq teruvchi ikki xitoylikni havo shari 10 kilometrga olib qochgandi. Ular yerga eson-omon yerga qo‘nishganidan so‘ng, parvoz qoidalarini buzganliklari uchun jarimaga tortilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring