Yo‘lovchi «Boeing 757»ni qo‘ndirishga yordam berdi

Britaniyaning «Jet2» aviakompaniyasiga qarashli «Boeing 757» samolyotini qo‘ndirishga bort yo‘lovchisi yordam berdi. Bu haqda «Daily Mail» yozmoqda.
Parvoz vaqtida uchuvchining ahvoli yomonlashgan, samolyot qo‘nganidan so‘ng u shifoxonaga yotqizilgan. Samolyotni qo‘ndirishga esa yo‘lovchi ko‘maklashgan. U ta’tildan qaytayotgan uchuvchi bo‘lgan.

Layner Manchester (Buyuk Britaniya) shahridan Funshal (Portugaliya, Madeyra oroli)ga parvoz qilgandi. Samolyot Portugaliyaga eson-omon qo‘ndirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter