Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi

Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi

Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant «HAMASning muzokaralardan bosh tortgani sababli» Misr bilan chegaradagi Rafahda quruqlikdagi operatsiya yaqin orada boshlanishini e’lon qildi.

«Bugun ertalab G‘azo sektori markazida - SAXAL kuchlari butun G‘azo bo‘ylab va ayniqsa Rafah hududida  operatsiya o‘tkazishga tayyor. Buyruq tez orada keladi. HAMAS garovdagilarni qaytarish bo‘yicha har qanday rejadan voz kechyapti», – deydi Isroil mudofaa vazdiri.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda aksariyat, jumladan AQSh hukumati ham Rafahda yirik harbiy operatsiya o‘tkazish jiddiy xato bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring