Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yarim tonnadan ziyod giyohvand moddalarni kalamushlar yeb ketdi...

Yarim tonnadan ziyod giyohvand moddalarni kalamushlar yeb ketdi...

Hindistonda musodara qilinib, politsiya omborida saqlanayotgan 581 kilogramm marixuana yo‘qolib qoldi. Qizig‘i, politsiya marixuanani kalamushlar yeb ketganini dalillash bilan ovora. Times of India yozishicha, sud politsiyachilarning so‘zlariga ishonmadi — isboti qani?

Sud ko‘rib chiqilayotgan bir ish doirasida musodara qilingan marixuanani keltirishni talab qilgandi, politsiya esa o‘rniga marixuanaxo‘r kalamushlar haqidagi hisobotni qo‘ltiqlab keldi.

Sud avvaliga kalamushlar «juda kichkina» ekani bois politsiyada ularni ta’qib qilish imkoniyati yo‘q degan qarorga deyarli kelayozgandi... Keyin buncha marixuanani aynan mitti jonivorlar yeb bitirganini isbotlab berishni so‘radi. Sud majlisi yaqin kunlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Yo politsiya kalamushlarning bo‘yniga qo‘yadi, yo sud...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring