Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyaliklar, o‘zbekistonlik zo‘rovon, Olimpiada...

Yaponiyaliklar, o‘zbekistonlik zo‘rovon, Olimpiada...

18 iyul kuni o‘zbek millatiga mansub 30 yoshli yigit Tokio olimpiadasining asosiy joyi bo‘lgan Yaponiya milliy stadionida yapon ayoliga tajovuz qilinganlikda gumonlanib hibsga olingandi.

AFPBB yangiliklari, JIJI com saytining xabariga ko‘ra, gumonlanuvchi D.Rahmatullayev voqea sodir bo‘lgan kuni ko‘ngilli yapon ayoli bilan marosimga tayyorgarlik mashg‘ulotlarini birgalikda tomosha qilgan va keyin zo‘rovonlik bilan bog‘lik jinoyatni sodir etgan.

Kyodo News xabariga ko‘ra, ikkalasi ham musobaqaga aloqador bo‘lmagan, ya’ni shtatdan tashqari xodimlar bo‘lgan.

NHK telekanalining xabarida aytilishicha esa, Rahmatullayev ayblovlarni rad etgan. AFPBB yangiliklari nashri 200 dan ortiq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining bu xabarga munosabatini e’lon qilgan. Xo‘sh, yaponiyaliklar bu holatni qanday baholashmoqda?

Yaponiyalik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining aksariyat qismi asosan urg‘uni Tokio olimpiadasining xavfsiz o‘tkazilishini qattiq nazoratga olinishi lozimligiga e’tibor qaratish kerakligini ta’kidlashgan. Va izohlardan shuni anglash mumkinki, biror inson na ayblanuvchini va na aybdorni nafsoniyatiga,shaxsiyatiga tegadigan haqoratlarni ishlatmagan. Yana qiziq tomoni biror inson ayolning o‘zini aybdor qilmagan.

Aftidan qonun-qoidaga qattiq rioya qiladigan yaponiyaliklar aynan koronavirus avj olgan paytda mehmonlarning tashrifini unchalik ham xushlamayotgan ko‘rinadi. Ya’ni, ko‘pchilik izohlarida kovid avj olgan payti mana shunday xalqaro miqyosdagi festivalning o‘tkazilishi shart emasligini urg‘ulashgan. Juda ko‘pchilik esa xavfsizlikni muhim sanashgan.

E’tiboringizga nashrda raqam bilan belgilangan ayrim yaponiyaliklarning bu holatga munosabat bildirgan izohlarini havola etamiz:

  1. O‘ylaymanki, xavfsizlik masalalari allaqachon mavjud bo‘lishi kerak edi. Masalan, tomoshabinlar o‘rindiqlar orasidan bemalol yurishi lozim.
  2. O‘zbekistonliklar ishtirok etishdan chetlatilishi lozim, shunda o‘zbek xalqi ushbu jinoyatchini munosib jazolaydi.
  3. Boshqa mamlakatlarda bunday paytda ayolni, ya’ni jabrlanuvchini aybdor qilishadi. Agar men prokurorning o‘rnida bo‘lganimda 20 yil qamoq jazosini bergan bo‘lardim.
  4. Bu kovid bo‘lib turgan paytda olimpiada o‘yinlarining o‘tkazilishi bilan mutlaqo bog‘liq narsa emas, boshqa paytda ham sodir bo‘lishi mumkin edi.
  5. Bu ko‘p jihatdan kechirilmas jinoyatdir. Hamma koronavirusdan xavotirda bir paytda, yana milliy stadionda bu kabi noxush holatlarning olimpiada ochilish marosimi paytida yuz berayotgani... Men ta’riflash qiyin bo‘lgan g‘azabni his qilayapman.
  6. Jinoyatchi qo‘rqmang! Uzr so‘ramasangiz gunohlaringiz og‘irroq bo‘ladi. Olimpiada tashkilotchilari shu ayol kabi ko‘ngillilarning xavfsizligini o‘ylashlari kerak. Shunga o‘xshash boshqa hayvonlar jinsiy tajovuz maqsadida qo‘y niqobida yurishadi. Yaponiyalik sayohatchilar chet ellarda jinsiy tajovuzga uchraganligi va Yaponiyada sodir bo‘layotgan bunday hodisaning ommaviy axborot vositalari tomonidan ko‘proq ochiqlanishi ayollarning sergak bo‘lishga undaydi...
  7. Butun O‘zbekistonni deportatsiya qilish kerak.
  8. 49. Bu qanday vaziyat? Siz bilan gaplashish uchun kelgan qizga hujum qildingizmi? Yoki ish bilan band qizga to‘satdan hujum qildingizmi? Men qizning aybini qidirishni istamayman. Bu sof qurbon deb o‘ylayman. Lekin agar birinchisi bo‘lsa, men unda har qanday odamdan ehtiyot bo‘lishim kerak, ikkinchisi bo‘lsa, men qanday qilib o‘zimni himoya qilishni bilishim kerak.
  9. Yo‘q. Olimpiada muammo emas, chet ellik muammo.
  10. «Yo‘q» deya olmaydigan arxaik tabassumli yapon ayoli…
  11. Olimpiadani to‘xtataylik. Asl sport bilan shug‘ullanaylik.
  12. Ko‘ngilli ayollar, ushbu olimpiada xavfli, iltimos hozir rad eting, sizning hayotingiz va iffatingiz hammasidan muhimroq.
  13. Xudbin odamlar kelib-ketadigan olimpiada nimani anglatadi?
  14. Shu tinchlik festivalimi? Tinchlik festivalida jinsiy tajovuz sodir bo‘lishini qanday izohlash mumkin? Axir chet elliklar bo‘lmasa hech qanday voqea sodir bo‘lmasdi. Hatto bitta yapon fuqarosi ham chet elliklar tomonidan zarar ko‘rmasligi kerak. Jinoyat sodir etgan chet elliklar zudlik bilan vataniga qaytarilishi kerak.
  15. Nega Yaponiyaga keldingiz?
  16. Gana, Vetnam va O‘zbekiston kabi chet elliklar tomonidan zo‘rlash holatlari tez-tez uchraydi. Taxminan 10 yil o‘tgach shahardagi savdo avtomatlari yo‘q bo‘lib ketadi. Orqa xiyobonlarda giyohvand moddalar savdosi avj oladi va ayollar tungi vaqtlarda do‘konlarga yolg‘iz borolmaydigan jamiyat bo‘ladi.
  17. Ayollarni jazosiz zo‘rlash mumkin bo‘lgan madaniyat mamlakatida men bu chet elliklarni kechira olmayman. Keling, Yaponiyani himoya qilaylik. Chetdan kelgan ishchilarni hammasi jinoyatchi emas, ammo yaqinda daladagi mahsulotlar o‘g‘rilari chet elliklar, qotilliklar chet elliklar, talon-toroj qiluvchilar ham chet elliklar.
  18. Osakada ganaliklar deb atladigan chet elliklar tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘g‘irlash va tez-tez jinoyatlar sodir etilishi ko‘zga tashlanmoqda. Yaponiya «shirin» mamlakat emasligini va Yaponiya qonunlarga bo‘ysunadigan mamlakat ekanligini ko‘rsatishingizni istardim.
  19. Iltimos, O‘zbekistonni deportatsiya qiling! Yaponiya qamoqxonalarida, albatta o‘z vataniga qaytganidan ko‘ra, yuqori turmush darajasi bo‘ladi, jazo yo‘q. Ushbu jinoyat qasddan sodir etilayotgan bo‘lishi mumkin. Bu nima. Suga, Koike ishingizni to‘g‘ri bajaring. Bu xalqaro muammo.
  20. Ko‘ryapsizmi, janob Suga, janob Xashimoto, janob Marukava, men xalqim uchun noz-ne’mat yetishtirayotganimda, mamlakatimiz fuqarosiga hujum qilishdi. Qayerga qarayapsizlar, xalqni himoya qilish uchun yana ko‘p narsalar qilish kerak!
  21. Men miting o‘tkazmasligim mumkin. Ammo yaponlar sabr-toqatining chegarasi bor. Chet elliklar bilan bog‘liq jinoyatlar juda ko‘p. Yaponiya chet ellarga qaraganda tinchroq...
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring