Yaponiyalik hamshira o‘zi o‘lim yoqasida deb hisoblagan 22 kishini o‘ldirib yuborgan
Yaponiyalik hamshira 22 kishining umriga zomin bo‘ldi. «RIA Novosti»ning yozishicha, u o‘zi hamshiralik qiladigan paytda o‘ladi deb o‘ylagan bemorlarni avvaldan ukol qilib o‘ldirib qo‘yaqolgan.
Politsiya Kubokini 2016 yil vafot etgan 88 yoshli Sozo Nishikavaning o‘limi yuzasidan qo‘lga oldi. Aniqlanishicha, hamshira erkakning o‘limi kuni navbatchilikni ikki soat avval boshlagan va unga avvalroq in’yeksiya yuborgan. Natijada erkak uning ish vaqti boshlanishidan avval vafot etgan.
Hamshira xuddi shunday ukolni avval ham 21 kishiga qilgani aniqlandi.
«Sabah»ning xabar berishicha, Yokogama shahridagi «Oguchi»shifoxonasining sobiq 31 yoshli hamshirasi Ayumi Kuboki qo‘lga olinganidan so‘ng, barcha qilmishlarini tan olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter