Yaponiyada zilzila qurbonlari soni 48 kishiga yetdi
Zilziladan eng ko‘p jabr ko‘rgan Isikava prefekturasi ma’muriyati qutqaruvchilar vayronalar tagidan 48 kishining jasadini olib chiqqanini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Noto yarim orolida zilziladan keyin boshlangan bir qancha yong‘inlar hamon davom etmoqda.
Mainichi Shimbun gazetasining yozishicha, zilzilalar oqibatida kamida 137 kishi jarohatlangan.
«Biz ularni, ayniqsa qulagan binolar ostida qolganlarni imkon qadar tezroq qutqarishimiz kerak», – dedi Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida.
Hozirda Noto yarim orolida minglab yapon harbiylari ishlamoqda. U yerdagi turar-joy binolari elektr va issiqlikdan uzilib qolgan.
Yaponiya meteorologiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 1-yanvardan beri mamlakatda jami 155 ta zilzila sodir bo‘lgan. Ulardan eng kuchlisi 7,6 magnitudani tashkil qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter