Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada sayyohlar uchun soliq joriy etildi

Yaponiyada sayyohlar uchun soliq joriy etildi

Foto: «Mainichi.jp»

Yaponiya huqumati mamlakatni tark etayotgan sayyohlar uchun bugun, 7-yanvardan boshlab soliq joriy etdi. Miqdori — 1000 iyena (9 AQSh dollari). Ushbu to‘lovni amalga oshirish uchun xat-hujjat to‘ldirishi shart emas. Soliq miqdori havo yoki suv yo‘li transportining chipta bahosiga qo‘shib yuborilgan.

Bunday soliq turi ikki yoshga to‘lmagan bolalarga, mamlakatni 24 soat ichida tark etadigan xorijliklar, deportatsiyaga tushganlar va favqulodda vaziyat sabab yapon diyoriga qo‘nishga majbur bo‘lganlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Hukumat shu tariqa g‘aznaga tushgan mablag‘ni 2020-yilda Tokioda o‘tadigan Olimpiadaga tayyorgarlik ishlariga sarflamoqchi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, «sayyohlar uchun soliq» yiligi 460 million dollarni tashkil etadi.

Ma’lumki, Yaponiyada sayyohlik yaxshigina rivojlangan. 2011-yildagi zilziladan so‘ng mehmonlar oqimi keskin kamayib ketgan bo‘lsa-da, ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ko‘rsatgichlar yildan-yilga yaxshilanib bormoqda. Masalan, 2017-yilda mamlakatga 29 millionga yaqin sayyoh tashrif buyurgan. 2018-yilda kunchiqar yurtni qancha xorijlik ziyorat qilgani haqida rasman ma’lumot e’lon qilinmadi hali, ammo raqamlar 30 milliondan kam emasligi ishonch bilan aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring