Yaponiyada rekord darajada harorat qayd etildi
Yaponiyada rekord darajada harorat qayd etildi — Sidzuoka prefekturasi Xamamatsu shahar markazida termometrlar ustuni Selsiy bo‘yicha 41,1 darajagacha ko‘tarilgan. Bu haqda Kiodo axborot agentligi xabar berdi.
Yaponiya meteorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, xuddi shunday harorat 2018-yil 23-iyul kuni Saytama prefekturasi Kumagaya shahrida kuzatilgandi.
Avgust oyida butun Yaponiya bo‘ylab jazirama havo bo‘ladi. Tokioda ayni vaqtda harorat 35 darajagacha yetadi. Aytishlaricha, jazirama havo yana bir necha kun davom etadi. Yaponiyada mahalliy hukumat aholini issiqlik urishidan himoyalanishga chaqirmoqda.
O‘tgan yili 70 ming kishi jazirama tufayli issiqlik urishi alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan, ulardan 126 nafari vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter