Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada pensiyaga erta chiqqanlar uchun pul to‘laydi

Yaponiyada pensiyaga erta chiqqanlar uchun pul to‘laydi

Foto: «Kim Kyung-Hoon / Reuters»

Yaponiyaning Dentsu reklama va kommunikatsiya xoldingi keksa xodimlarni nafaqaga chiqishga rag‘batlantirishga qaratilgan Life Shift Platform eksperimental dasturini ishga tushirishga qaror qildi. Bu haqda Mainichi gazetasi xabar bermoqda.

Kompaniya ishdan bo‘shayotgan 40 yoshdan oshgan yaponlarga kichik biznesni boshlashni taklif etdi va New Horizon Collective (NH) sho‘’ba korxonasida ish boshlash uchun shartnoma tuzishdi. Shu bilan birga, Dentsu sobiq xodimlari o‘z loyihalarini amalga oshirayotgan paytda ularga 10 yil davomida doimiy pul to‘lab turadi. O‘rtacha to‘lovlar oldingi ish haqining 50-60 foizini tashkil etadi.

Tashabbus muallifi va NH prezidenti Yudzi Yamagutining izohlashicha, Yaponiya «100 yil umr ko‘rish» davriga kirdi. Shu bilan birga, u «ushbu o‘zgaruvchan davrda o‘zlari uchun haqiqatan ham munosib joy topa olmagan va to‘laqonli ishlay olmaydigan odamlarni ko‘rganini» aytdi.

Shunga ko‘ra, u 60-70 yoshdagi vatandoshlari yoshi yoki kompaniya mezonlari bilan chegaralanib qolmasdan, o‘z kuchlaridan qanday foydalanishi mumkinligi to‘g‘risida o‘ylay boshlagan. Bundan tashqari, bunday dastur kompaniyaga pulni tejash imkonini beradi, chunki erta nafaqaga chiqqanida xodimlar to‘liq maosh olishdan bosh tortadilar.

2018-yilning kuzida yaponiyalik ishchilarga pensiyaga chiqish 65 yoshdan 70 yoshgacha kechiktirilishi mumkinligi xabar qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring