Yaponiyada kuchli vulqon otilishi kutilmoqda
Yaponiyaning Bosh meteorologik boshqarmasi mamlakatning janubi-g‘arbidagi Kutinoerabu orolida kuchli vulqon otilishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda.
Ushbu hududda xavf darajasi to‘rtinchi darajaga ko‘tarilgan bo‘lib, bu evakuatsiyaga tayyorgarlik ko‘rishni bildiradi.
«15 avgust kuni soat 0:00 dan 10:00 gacha 26 ta 1,9 balli vulqon zilzilasi kuzatilgan. Epimarkaz 2015 yilning mayida vulqon otilgan joydaligicha qolmoqda. Vulqon yanada faollashishi mumkin», – deyiladi boshqarma xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter