Yaponiyada jazirama sabab 1,5 mingdan ortiq kishi shifoxonaga tushdi
Tokioda o‘tgan iyun oyida 1517 nafar fuqaro issiq urishi tufayli shifoxonaga tushdi.
NHK telekanalining Tokio o‘t o‘chirish boshqarmasi ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, bu kamida 10 yil davomidagi rekord ko‘rsatkichdir.
Iyun oyining oxirida Yaponiya poytaxtiga odatiy bo‘lmagan issiq ob-havo kirib keldi, havo harorati 35 darajadan oshdi.
30iyun kuni mutlaq harorat rekordi 36,4 darajani tashkil qildi. Shu kuni 6 yoshdan 97 yoshgacha bo‘lgan 294 nafar inson jazirama urishi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan, ulardan 17 nafarini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.
Hukumat fuqarolardan ko‘chaga chiqmaslik, ko‘proq suv ichish va konditsionerlardan foydalanishni so‘ragan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter