Yaponiyada imperator qizining voyaga yetganligi sharafiga marosim o‘tkazildi
Yaponiya imperatori Naruxitoning yagona qizi malika Aiko yakshanba kuni imperator oilasining voyaga yetgan a’zolari safiga qo‘shilishi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda ishtirok etdi. Unda malikaga Imperator oilasi vakiliga 20 yoshga to‘lgani munosabati bilan beriladigan tasmali «Muqaddas toj» ordeni topshirildi.
Marosimdan so‘ng shohona libosda tasmali orden taqib olgan malika Aiko jurnalistlar oldida paydo bo‘ldi. Uning sochlari olmos tiara bilan bezatilgan baland soch turmagiga yig‘ilgandi. Videoyozuv NHK telekanali tomonidan efirga uzatildi.
Malika Aiko maxsus tadbirlar uchun taqiladigan olmos tiarani xolasi, sobiq malika Sayakodan olib turdi. Chunki koronavirus epidemiyasi bilan bog‘liq cheklovlar tufayli yangi taqinchoq hali tayyorlanmaydi.
Malika Aiko Yaponiyada 20 yoshga to‘lganligi munosabati bilan tabriklagan jurnalistlarga biroz xijolat bo‘lib jilmayib minnatdorchilik bildirdi.
Ertalab malika sinto ziyoratgohlarini ziyorat qildi, keyin esa bobosi va buvisi – faxriy imperator Akixito va faxriy imperator Michikoning qarorgohiga yo‘l oldi. Telekanalning aniqlik kiritishicha, malika Aiko koronavirus epidemiyasi sababli ular bilan bir yilu to‘qqiz oy davomida ko‘rishmagan.
Shundan so‘ng malika Aiko saroyga qaytishi kerak, u yerda imperator oilasining boshqa a’zolari, jumladan, amakisi, valiahd shahzoda Akisino, shuningdek, Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida tabriklarini olishi rejalashtirilgan.
Balog‘at yoshiga yetgach malika Aiko imperator uyi a’zolariga yuklangan barcha rasmiy vazifalarni bajarishi kerak. Malika Aiko qonuniy ravishda taxtni meros qilib olish huquqiga ega emas, chunki imperator taxti faqat erkaklarga meros bo‘lib o‘tishi mumkin. Shuning uchun taxtga, birinchi navbatda, Naruxitoning ukasi shahzoda Akisino chiqdi. U, shuningdek, taxtning ikkinchi navbatdagi vorisi, 15 yoshli shahzoda Xisaxitoning otasi hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter